o‘ynash
bilan ulashing
1. Oʻynamoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Ketishdilar quvlashib, Oʻynashib kula-kula. T. Toʻla
-
Bolalar har kungidaqa oshiq oʻynashmadi kitobchalarni tomosha qila boshlashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Jiddiy emas, hazil-huzul munosabatda boʻlmoq, mensimay muomalada boʻlmoq.
-
Oʻynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan. Maqol
-
Bu — bir kishining chorak umri degan gap. Ha, qonun bilan oʻynashib boʻladimi! S. Anorboyev, Oqsoy
3. Oʻz nikohida boʻlmagan shaxs bilan yaqin aloqada boʻlmoq.
-
Xumorxonni olmasdan, shunday oʻynashib yuraversangiz boʻlmasmidi? A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Oʻsha Xolmat jikkakka ham oʻynashib tekkan. E. Raimov, Ajab qishloq
O‘YNASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙНАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ynash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar