o‘ynoqla
bilan ulashing
1. Tinch turmay, turli harakatlar qilavermoq, oʻynab ketmoq, irgʻishlamoq.
-
Qoʻzichoqlar oʻynoqlaydi.
-
Quyon bolasi oʻynoqlab, oyoqlarini osmonga otib yugurar edi. X. Toʻxtaboyev, Shoshqaloq
-
Baliq Goh oʻynoqlar, goh orqasi bilan yotar, biltanglardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Oq-toy anchadan buyon yaydov yurgani uchun, arava shotisi ostiga asti roʻpara kelmay, oʻynoqlab ketaverdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. koʻchma Shoʻx harakat qilmoq, oʻynamoq.
-
Sheʼrda Chirchiq daryosining oʻynoqlab oqishi, tabiat manzarasining tasviri ortiqcha. E. Oxunova, Paxtazor kuylari
3. aynan Oʻynamoq 12.
-
Birdan koʻk tomirlari oʻynoqlab chiqqan Bektemir aka koʻz oldiga keldi. A. Muxtor, Chinor
O‘YNOQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙНОҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ynoqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar