o‘ychan
bilan ulashing
1. Oʻy bilan band boʻlgan, oʻyga choʻmgan.
-
U shunday oʻychan, parishon holatda buloqqa yaqinlashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Nigora yulduzlarga oʻychan tikilarkan, kipriklarida oʻsha yulduzlardek jilvalanuvchi yosh tomchilari qotdi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Oʻyga, xayolga koʻp beriladigan; oʻy, xayol bilan doimo band boʻladigan.
-
Oʻychan qiz.
-
Bu yolgʻiz horgʻinlikdan emas, ikki kun ichida koʻrganlari uni qandaydir oʻychan, kamgap qilib qoʻygandi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Oʻyga choʻmganligini aks ettirib turgan.
-
Chol oʻgʻlining oʻychan koʻzlariga termilib, Botiralidan gapira ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Isroil Normatning oʻychan yuziga qaradi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. koʻchma Tinch va sokin; xuddi xayol surganday.
-
Oʻychan oqshomlar! Salqin oqshomlar! Nashʼaga eltar. M. Shayxzoda
-
Oʻychan kecha, tun ichra tanho, Rauf Parfi, qoldik ikkovlon. R. Parfi, Koʻzlar
O‘YCHAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙЧАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ychan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar