o‘zak
bilan ulashing
1. Oʻsimlik poyasi va ildizining koʻpincha yumshoq toʻqimadan iborat boʻladigan ichki qismi.
-
Tolning oʻzagi.
2. shv . Daraxt, buta kabilarning tanasi; poya.
-
Gʻulomjon oʻrikning keksa, yoʻgʻon oʻzagini ushlab turib toʻxtadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sumba qildim irgʻayning oʻzagidan. Oq olma, qizil olma.
3. Ildizmevaning (yogʻoch oʻzagiga oʻxshash) oʻrta qismi.
-
Sabzining oʻzagi.
4. tex . Elektromagnit va shu kabilarning ichiga, oʻrtasiga oʻrnatilgan qism; sterjen.
-
Elektromagnit oʻzagi.
5. tlsh . Soʻzning asl maʼnosini bildirib, yangi soʻz yasalishiga asos boʻladigan, soʻz yasovchi qoʻshiladigan eng kichik qism; soʻz yasalish asosi.
6. koʻchma Biror narsaning eng muhim, asosiy qismi; asos, mohiyat.
-
Ular [ayollar] oilaning oʻzagi va fayzigina emas, balki jamoatchilik hayotida ham alohida oʻrin egallaydilar. Gazetadan
-
Mening nazarimda, oʻrtoq Mardiyev, biz qilayotgan ishning oʻzagi bitta! Umumxalq, umumdavlat manfaati. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
O‘ZAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЗАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘zak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar