o‘zan
bilan ulashing
1. Suv oqib oʻtadigan uzun chuqurlik; suv yoʻli.
-
Endi oʻzandan bu yoqqa ariq chiqarish va hovuz qazish kerak edi. P. Qodirov, Qadrim
-
[Jamolning] Koʻz oldida egri-bugri Chirchiq oʻzani. Undan narida — kattakon Toshkent. S. Anorboyev, Mehr
-
Zarafshon daryosining eski oʻzanlari koʻp. P. Gʻulomov, Zarafshon etaklarida
-
U suv yuvgan taqir oʻzandan borar ekan, chakalakzordagi butalardan asar qolmaganiga gumon qilmasdi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
-
Yigʻinimiz oddiy kunda emas, kanal oʻzaniga birinchi ketmon urilgan kunning oʻttiz yilligi arafasida boʻldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. koʻchma Biror davomli narsaning muayyan yoʻli.
-
Yoʻq, hayotni joʻnlashtirib boʻlmaydi. U oʻzining chigal, murakkab oʻzanlari boʻylab oqadi. A. Muxtor, Chinor
-
Ashurmirzo parvo qilmay, gap oʻzanidan chiqmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
O‘ZAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЗАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘zan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar