o‘ynoqi
bilan ulashing
1. Tinch turmaydigan, serharakat; shoʻx.
-
Soytoʻpining ayollari xushroʻy, oʻynoqi boʻladi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
-
Maxsus mulozimlar oʻynoqi otni yetaklab keltirdilar. Oybek, Navoiy
2. Koʻchma Yengil va yoqimli; shoʻx.
-
Bahorning oʻynoqi yellari.
-
Mashinaning darchasidan kirayotgan oʻynoqi shabada dillarni qitiqlaydi. T. Rasulov, Marhamat
3. Zavq-shavq baxsh etadigan; shoʻx.
-
Safar-da hamrohlariga latifalar, oʻynoqi qoʻshiqlar aytib, kuldirib yuradi. M. Osim, Elchilar
-
Bir ozdan soʻng Xorazmning oʻynoqi kuylari chalinib, shoʻx lazgi boshlandi. J. Sharipov, Xorazm
4. koʻchma Oyogʻi yengil, suyuq.
-
— Pochchangning feʼli-atvorini bilasan-ku, oʻlguday yengil, oʻynoqi, — dedi Halima. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Jamshid bazmini qurdik denglar. Jonon j-ja oʻynoqiga oʻxshaydi, sizni ham ilib ketibdi-da! S. Anorboyev, Oqsoy
O‘YNOQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙНОҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ynoqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar