hassos
bilan ulashing
1. Narsa-hodisaning mohiyatini tez, toʻgʻri va toʻla his etuvchi, biror soha yoki sohalarda oʻta bilagʻon, oʻtkir bilimli va sezgir.
-
Hassos shoir. Hassos sanʼatkor.
-
Shoir va hassos publitsist Gʻafur Gʻulom taraqqiyot dushmanlarining turli koʻrinishdagi nayranglarini oʻz sheʼrlarida oʻtkir soʻz bilan fosh qildi. Gazetadan
2. koʻchma Oʻtkir, sezgir.
-
Undagi hassos qalb, quvlikni bilmaydigan soddalik, epli-shudlilik allaqachonlar ustozining eʼtiqodini qozonib olgan edi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Uning hassos qalami bilan bitilgan sheʼr misralari iplarga tizilgan shoda-shoda marvaridlardir. V. Abdullayev, Sharqning ulkan shoiri
HASSOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАССОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hassos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar