havaskor
bilan ulashing
1. Biror narsaga qiziqadigan, uni yaxshi koʻradigan (shaxs); havasmand, havasli, ishqiboz.
-
Havaskor ovchi. Musiqaga havaskor.
-
Nabigulning aytishicha, bular mahalladagi havaskor sozandalar edi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Bu yerda oʻnlab havaskorlar suvga tizzagacha tushib olib, baliq ovlashyapti. Gazetadan
-
Yozuvchilikka havaskor boʻlgan yosh talantlarning asarlarini ilgarigidek xom-xatala bosib chiqarishga barham berilgan deyish mumkin. N. Safarov, Olovli izlar
2. Kasb, hunar, sanʼat va shu kabilar boʻyicha mashgʻulotlar olib boradigan maxsus toʻgarak qatnashchisi (asosan yoshlar haqida).
-
Tikuvchilar artelining havaskor sozandalari toʻgaragi butun sostavi bilan kelgan. A. Qahhor, Toʻy
-
Birinchi mashgʻulotda havaskor shoirlarning sheʼrlari yangradi. Gazetadan
-
Bugun havaskorlarimiz televizorda chiqadi. Ularni koʻrmabsan, dunyoga kelmabsan Sh. Saʼdulla, Ikki bilaguzuk
HAVASKOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВАСКОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havaskor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar