hatla
bilan ulashing
Narsa yoki joyning ustidan qarama-qarshi tomoniga irgʻib oʻtmoq; qadamlab ustidan oʻtmoq; sakramoq.
-
— Qani, toʻyga yuring! — dedi togʻa zovurdan hatlab oʻtib. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Davlatyor koʻprikdan oʻtmay, ariqdan hatladi, kutubxona eshigi oldida Saodatxon bilan toʻqnashdi. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Gʻulomjon nima qilayotganini oʻzi ham bilmay, qoʻshni darchaga ikki hatlab yetib keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Men ikki dunyoni bir hatlab oʻtib, Ogʻzimga solganim — bor-yoʻgʻi tolqon. E. Shukur, Hamal ayvoni
-
— Meni shu yerda kutasan, — dedi-da zinadan tez-tez hatlab, binoning ichiga kirib yoʻqoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uch-toʻrt hatlashda yigitchaga yetib oldi. S. Nurov, Narvon
hatla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ostona (dan) hatlamoq
-
Tugʻuruqxona ostonasini hatlab oʻtgan moʻtabar ayol oʻz taqdiridan koʻra koʻproq boʻlajak farzand ishtiyoqi bilan oʻrtanib yonadi. Gazetadan
-
Ostonadan hatlagan mehmon, Mehmon boʻlib kel yana bir bor. B. Boyqobilov.
-
Chordevor, ostona hatlab, koʻchaga chiqmasdik H. Shams, Dushman
HATLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАТЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hatla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar