havas
bilan ulashing
1. Qiziqish, zavq hissi; shunday his-tuygʻuli munosabat.
-
Endi u boyagi dilsiyohlikni unutgan, osmoni falakda charx urayotgan turnalarga ajib bir havas bilan boqardi S. Ahmad, Yulduz
-
Gulchehra yosh juvonlarga xos boʻlakcha havas bilan bezatilgan mehmonxonaga kirdi-da, divan chetiga omonatgina oʻtirdi. O. Yoqubov, Larza
-
Havasga anor yeydi, deysiz shekilli A. Qahhor, Anor
2. Biror ish-faoliyat, kasb-korga boʻlgan ragʻbat, intilish, istak, mayl.
-
Bolaning kitob oʻqishga havasi — bilimga ishtiyoqining ifodasi. R. Usmonov, Odobnoma
-
Koʻnglida doʻppi gullarini tikishdan oʻzga havas yoʻqday, darrov ishga tushib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Shifokorlik kasbiga Nasiba juda erta havas qoʻydi. Gazetadan
-
Husayn Boyqaroning yoshlikdan sheʼrga havasi kuchli edi. Oybek, Navoiy
havas soʻzi qatnashgan jumlalar:
Havas qilmoq
-
dadasi havas qilib, shahardan maxsus keltirib ektirgan prezident gullar kurtak yozib qolgan edi Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
U koʻngli keng ancha-muncha narsani ichiga bemalol sigʻdirib, hech narsa koʻrmaganday boʻlib yurishni havas qiladi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Sanobarning chap yuzida xoli boʻlib, koʻpgina qiz-juvonlar unga oshkora havas qilishardi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
Havasi kelmoq
-
Senga havasim keladi. Umring oldinda hali. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
kechqurunlari oʻrtoqlari visolga otlanishsa, havasi keladigan, oʻzi ham Gavhar bilan nurli oqshomlarda sayr etishni orzu qiladigan boʻlib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kitob yigʻishga havasmand Bobur bu kitobga juda havasi keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
HAVAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar