havo
bilan ulashing
1. Yer atmosferasini hosil qiluvchi, inson, hayvon, oʻsimliklar hayoti uchun zarur boʻlgan, asosan azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasi.
-
Toza havodan nafas olmoq. Havoni ifloslantirmoq. Togʻ havosi. Archa daraxti havoni yaxshi tozalaydi.
-
Hammaga maʼlumki, havoda zararli mikroblar koʻp boʻladi. Gazetadan
-
Quyosh, havo, suv barcha jonivorlar uchun ozuqa boʻlganidek, xalq hayoti yozuvchiga ilhom beradi. Gazetadan
2. Yer ustini qoplagan ochiq boʻshliq; fazo.
-
Roʻmolini havoda silkidi. Havo jangi.
-
Nafasni boʻgʻadigan, koʻzlarni koʻr qiladigan chang-toʻzon buluti havoni tutdi. Oybek, Navoiy
-
Havoda momiq oq paxtalar argʻamchi boʻlib yurardi. Gazetadan
-
Bogʻ ustida orombaxsh shabada esar, havoda koʻkatlar isi anqirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Osmon, koʻk.
-
Qushlar gur etib, havoga koʻtarildi.
-
Yomgʻir endigina tingan, kecha qorongʻi edi. Havoda bitta ham yulduz koʻrinmaydi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Yigitlar mushtlarini koʻtardi. Keksalar hassalarini havoga qadadi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Atmosferaning ahvoli; holati; ob-havo.
-
Ochiq havo. Havoning harorati. Bulutli havo. Kuz havosi.
-
Qutbiddin havoning tez-tez ayniyotganini koʻrib, lagerni pastroqqa koʻchirtirdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Havo bunchalik past kelib, sharmanda qilishini qayerdan bilaylik. Mushtum,
-
Dehqon osmonga qarab, yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab, moʻl hosilidan suyunadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. koʻchma Holat, sharoit.
-
Men oʻylaymanki, bu besh yil mobaynida siyosiy havolar oʻzgarib N. Safarov, Tanlangan asarlar
havo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Havoga ketmoq
-
Oʻzining shunchalik gaplarining havoga ketib turganini yaxshi sezdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Havoga sovurmoq (yoki sovrilmoq)
-
Ellik ming soʻmni havoga sovurib qoʻyib, mahmadonalik qilishini qara-ya! Mushtum
-
bir necha ming soʻm davlat puli havoga sovrilyapti. Mushtum
kam qoʻll. Kibr, gʻurur.
-
Yoʻq, sal havosi balandroq chiqib qoldi bu bolaning nima boʻlsa ham, omon boʻlsin. Oʻ. Hoshimov, Koʻprik
-
Koʻp boʻlmaydi yaxshi odamning havosi. Oysuluv
-
Maqtovdan Bozor-boyning havosi oshdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Kuy, ohang.
-
Mashshoqlar cholgʻularini qoʻlga oldilar. Endi guzarda shovqinli katta oʻyin havosi emas, shirin, mayin hujrabazm sadosi oqa ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
“Ur!“ degan komanda berilgach, nogʻorachilar rez havosida nogʻora chala boshladilar, yasovullar ham oʻsha havoda choʻplarini shartillatib, Yodgorning qip-yalangʻoch etiga ura boshladilar. S. Ayniy, Doxunda.
havo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Havosini olmoq
-
Bir umr koʻnikib, havosini olgan bu ishi endi oʻziga ham vahimali koʻrinib qoldimi endi javob beringlar, deb turib oldi. A. Muxtor, Chinor
-
Kimning bilagida kuchi boʻlsa, kim ishning havosini olsa, kimning kambagʻallik joniga teggan boʻlsa bu ishdan bir nima chiqishiga ishonsa, oʻsha zarbdor boʻlaveradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
HAVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar