havola
bilan ulashing
1. Izm-ixtiyoriga topshirish, zimmasida boʻlish.
-
Har kimning soʻzi, qilmishi qalbiga, vijdoniga havola. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
-
Mana bu kreslo ham sizga havola. Menga bir oddiyroq stul bersangiz boʻladi J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Fikr, mulohaza va shu kabilar haqida maʼlumot uchun biror manbaga qarashga undash, shu manbani koʻrsatish.
-
Qoʻshimcha maʼlumot uchun sahifa oxirida tegishli adabiyotlarga havolalar berilgan.
3.
havola soʻzi qatnashgan jumlalar:
Havola qilmoq (yoki etmoq)
-
Bu odamga qanday vazifa berishni oʻzlaringga havola qilamiz A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Narzi togʻa oʻzini taqdirning hukmiga havola qilganicha, indamay eshakni qistardi. Sharq yulduzi
-
Kelinglar, ixtiro boʻlimi xulosasini ministrlikka havola qilaylik. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
butun kuchini ishga solib, uni bir yoqli qilish uchun qoʻlini havola qilgan edi, nogoh qoʻlini nimadir omburday qisib, havoda muallaq ushlab qoldi. K. Yashin, Hamza
-
qoʻrqitarga boshi uzra qamchi havola etdim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Devor tepasida qoʻlida yaltiroq narsani havola qilib turardi. K. Yashin, Hamza
HAVOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar