havoyi
bilan ulashing
1. Havo rangli, och koʻk, koʻkimtir.
-
Stol ustidagi koʻk abajurli chiroqdan Qunduzxonning yuziga havoyi bir nur tushib turardi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Pastga boqmoqdaman: na bir qalʼa bor, Na qaqqaygan daraxt, na baxmal vodiy, Na havoyi rangda yongan jiydazor, Na serraygan keksa togʻlar ajdodi. S. Akbariy.
2. Havoga koʻtarilgan; baland.
-
Koʻring, anavi oʻrta asr binosi qanchalik nafis va purviqor, minoralar qanchalik havoyi va xushbichim-a! S. Akbariy, Sevgi bilan tirilgan yurak
3. koʻchma Yengil-yelpi, jiddiy boʻlmagan; oson.
-
Havoyi ishlar bilan shugʻullanmoq.
-
— Chindan ham boʻzchining mokisidek eshonning ichkari-tashqarisi oʻrtasida bepul oyoqdan horib, qatnab yurishdan koʻra, havoyigina, bozorda ashula aytib, oʻynab yurib pul topishga na yetsin! — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Mavlono, mendan endi havoyi gʻazallar kutmang. Endi faqat xalqim dilini kuylayman. J. Sharipov, Xorazm
4. koʻchma Yengil tabiatli; yengiltak, beqaror.
-
Havoyi odam.
-
— Yengiltak qiz, — deb oʻyladi Komil, ichidan qaynab-toshayotgan gʻazabini zoʻrgʻa bosib. — Shu havoyi oliftani deb, meni yerga uryapsan-a!. Ahmar, Kim haq?
-
Uydagilar mening havoyiroq boʻlib qolganimni bilishadi, bir amallab oʻqib ketadi, deb oʻylashganmi, yakshanba kuni qarindosh-urugʻlar maslahatga yigʻilishgandi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bir havoyi erni deb, tarki dunyo qilmoqchimisiz? Gazetadan
5. koʻchma Asosga ega boʻlmagan, asossiz, yuzaki.
-
Havoyi vaʼdalar. Havoyi raqamlar.
-
Fikringiz juda havoyi va tamom notoʻgʻri. I. Sultonov, Burgutning parvozi
-
Joʻravoy aka, nahotki u [Poʻlatjon] meni yengiltak, havoyi narsalarga uchadigan qiz, deb oʻylasa. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
HAVOYI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВОЙИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havoyi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar