havoza
bilan ulashing
1. Qurilish yoki taʼmir ishlari uchun devor yoniga yogʻoch yoki metalldan qavat-qavat qilib ishlangan vaqtinchalik qurilma.
-
Qayerga bormang, qayoqqa koʻz tashlamang, hamma yerda havozalarga burkangan qurilish obyektlarini koʻrasiz. H. Nosirov, Marralar
-
Ustalar moʻri ichida ehtiyotdan toʻrt qavat qilib qurilgan taxta havoza ustida ishlashadi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Koʻchma havozalar gʻildiraklar ustiga oʻrnatilgan, uni past, balandroq qilish ham mumkin edi. J. Saʼdullayev, Kamolot yoʻllari
2. Ustiga chiqib, atrofni kuzatib turish maqsadida tepalikka sepoya yoki chorpoya shaklida, aksar yogʻochdan oʻrnatilgan qurilma.
-
Shom kamoni taʼrifi merganlar aro Eron bilan Turonda boʻlgan ovoza, Polizlarda uzoqdan koʻrinar qaro, Chalinardi koʻzlarga baland havoza. M. Shayxzoda, Toshkentnoma
3. sheva Tokni yerdan yuqoriga koʻtarib qoʻyish uchun ishlangan qurilma.
-
Soʻri havozasi ostidagi ustunchalarning har biri yonida — ariqchalar boʻyida bir beh tok oʻtkazilgan boʻlib, toklarning zangi ustunchalar orqali havoza ustiga chiqarilgan. S. Ayniy, Esdaliklar
HAVOZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВОЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havoza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar