hay
bilan ulashing
1. undov so‘z Kimsaning diqqatini oʻziga jalb etish, chaqirishni bildiradi; ey.
-
Hay, eshik taqillayapti, qara. Hay bola, qayoqqa ketyapsan?
-
Mulla Norqoʻzi dargʻazab boʻlib, oʻrnidan turdi va eshik oldiga borib, bor tovushi bilan baqirdi: — Hay xotin, deyman, qandoq behayosan! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
2. Eʼtiborni tortish, ogohlantirishni bildiradi; ey.
-
Hay, bu gapni unga ayta koʻrma. Hay, elektr simiga tegib ketma
-
U, uyning zinasiga endi qadam qoʻyganda, poxol gʻarami ostidan chiqqan bir kampir: — Hay, bolam, nemis bor! — deb qichqirdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. Boʻlgan yoki oʻtgan ishdan rozilikni, eʼtirozsizlikni yoki unga eʼtibor bermaslikni, shunday boʻlsa boʻlibdi maʼnosini bildiradi.
-
Hay, oʻtgan ishga salavot. Hay, boʻlar ish boʻldi, endi bu tomoniga ehtiyot boʻl.
-
Hay, mayli, ishqilib seni toparman. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qalʼaga sigʻmay, bu yerga kelibsan, hay, men rozi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
hay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shaytonga hay bermoq
HAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar