hay-hay
bilan ulashing
1. Hay soʻzidan takroriy shakl.
-
— Hay-hay, shaxtingizdan qayting-a, — dedi Hoshim Gʻulom akaga. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Kampirning hay-hayiga qaramasdan, eshikka chiqdim. P. Tursun, Oʻqituvchi. Qiziqmisizlar, jiyanlar? Hay-hay, uyat boʻladi Mushtum
-
— Hay-hay, sizga nima boʻldi? — dedi Meʼmor yugurib borib. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Hayron qolish, hayratlanishni bildiradi.
-
Yoʻqlamagan har kuning yilcha boʻlurmi, hay-hay! S. Zunnunova
-
Eshik oldiga yetganda, toʻsatdan toʻxtab, orqasiga oʻgirilgan edi, hay-hay, yuzlari tabassum nuridan gul-gul yashnab ketibdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
hay-hay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hay-hay solmoq
-
Yetti mahalladan oʻtarli baqiriqni eshitgan qoʻni-qoʻshnilar sarosimaga tushib, kim sham, kim piltachiroq, kim fonus koʻtarganicha, hay-hay solib, yopirilib kelib qolishdi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
HAY-HAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙ-ҲАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hay-hay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar