salom
bilan ulashing
1. Kishilarning oʻzaro uchrashgan paytlarida urf-odatga koʻra bir-biriga aytadigan soʻzi.
-
Alangali salom. Qizgʻin salom. Salom ham farz, alik ham farz. Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber. Maqol
-
— Salom, professor!Xush kelibsiz, — dedi Hamza va Stepanovga qarab qulochini ochdi. K. Yashin, Hamza
-
Gʻulomjon egilib salom berdi, sogʻ-salomatlik soʻradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. tarixiy Amir, xon bilan ertalabki uchrashuv va undagi salom-alik marosimi.
-
Ertalab xonning haramdan chiqish vaqti yaqinlashgan, salom va istiqbol uchun xoslardan sakkiz-toʻqqiz kishi yigʻilgan edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. etn. Kelinchakni toʻydan keyingi kun erta bilan olib chiqib, kuyovning ota-onalariga, qarindosh-urugʻlariga taʼzim qildirish marosimi va umuman kelinchaklar taʼzimi; kelinsalom.
-
Ertalab, odat boʻyicha, Nuri toʻr roʻmol yopinib, beshikdagi boladan to keksalarga qadar — hammaga salom qilar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Rohila:] Jon qizim, eringni izzat qil! Qaynanangni izzat qil! Ertalab salomga chiqayotibsanmi? A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
4. Sahnada, oʻyin-tomosha maydonlarida aktyorlarning tomoshabinlarga taʼzimi.
-
Zulfizar raqsini tugatib, mahliyo boʻlib oʻtirgan tomoshabinga salom qilishi bilan, birdan hamma yoqni gulduratib qarsaklar koʻtarildi. K. Yashin, Hamza
5. Salom (erkaklar ismi).
salom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Duoyi salom
Salom aytmoq
-
Havodan aylanib uchgan turnalar, Borib bizning elga salom aytinglar, Ey aziz turnalar, mening tilimdan Doʻst-u yoronlarga salom aytinglar. Tohir va Zuhra
Salom alaykum
Salom yoʻllamoq
-
— Hammalari sogʻ-omon, — dedi Nizomiddinxoʻja. — Sizga matbaa, gazetalardagi muharrir, musahhih doʻstlaringiz salom yoʻllashdi. K. Yashin, Hamza
Salom yoʻq, alik yoʻq
-
U kirgach, salom yoʻq, alik yoʻq, tomdan tarasha tushganday: — Nimalar deb valdirayapsan, — deb oʻshqirdi. Mushtum
Salomini yeb qoʻymoq
-
Erta turib kech keldi, Salomini yeb keldi. Boychechak
Soyasiga salom bermoq
Salom ogʻasi
-
Supachalar ustida udaychi, shigʻovul, salom ogʻasi, tunqotar va darbon kabi tashrifot xodimlari oʻtirardilar. S. Ayniy, Jallodlar
SALOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
salom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar