salobatli
bilan ulashing
1. Ulugʻvor koʻrinishga eta boʻlgan, viqorli; savlatli, mahobatli.
-
Salobatli kishi. Salobatli bino.
-
Haqiqatan ham Gʻoyibning salobatli qiyofasi oldida Temirjon yosh boladay koʻrinardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Ular Ahmadga qadrdon boʻlib ketgan salobatli va bahaybat argʻuvon daraxtiga yaqinlashdilar. F. Musajonov, Himmat
2. Ogʻir, vazmin; oʻz vazminligi va sokinligi bilan taʼsir etuvchi; taʼsirchan.
-
Salobatli tun.
-
Shundan keyin uyda salobatli tinchlik choʻkdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Bosh muharrir oʻzining mayin, vazmin, shirali, salobatli ovozi bilan soʻz boshladi. F. Musajonov, Himmat
-
Tashqarida bahor yomgʻiri salobatli shovullardi. P. Qodirov, Uch ildiz
SALOBATLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛОБАТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
salobatli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar