salmoqdor
bilan ulashing
1. Nisbatan ogʻir; vazmin, salmoqli, zalvorli. Salmoqdor bolgʻa.
-
Togʻ kabi salmoqdor uy, Ichi toʻla liq kitob. Q. Muhammadiy
2. Vazndor, boʻliq, toʻliq, boʻlali.
-
Salmoqdor koʻsaklar.
-
Salmoqdor boshoqlar shamolda mayin tebranadi. Gazetadan
3. koʻchma Arzirli; katta; samarali.
-
Salmoqdor hissa qoʻshmoq.
-
[Azimjonning] Tugʻilgan yurtidagi katta Qorakoʻl doirasi-da salmoqdorgina ota meros ulushi bor ekan. A. Muxtor, Chinor
4. Mavqeyi, tutgan oʻrni va xizmatiga kura boshqalardan ajralib turadigan, boshqalarga qaraganda sermahsul. Salmoqdor olim.
-
Bir-biridan afzal va salmoqdor boʻlgan yillarimiz ichida bu yil alohida oʻrin oldi. H. Nazir, Yangi sahifa
5. koʻchma Ogʻir, vazmin; taʼsirchan; dona-dona.
-
— Bogʻchang-ku yaxshi-ya, — dedi salmoqdor ovoz bilan haligi chol, — lekin har holda ota bilan onaning mehri boshqa. I. Rahim, Chin muhabbat
SALMOQDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛМОҚДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SALMOQDOR so‘ziga berilgan ma’nolar
salmoqdor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
salmoqdor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing