chidam
bilan ulashing
1. Qiyinchilik, dard, alam, azob va shu kabilarga toqat qila olish qobiliyati; toʻzim, toqat, sabr-bardosh.
-
Chidami yoʻq odam. Chidam bermoq.
-
Kelsa boshga har ogʻirlik, voh dema, Bardosh qilib, chidam koʻrsat, oh dema. Habibiy
-
Bola faqir har bir ogʻirlikni chidam bilan yengishdan boshqa chorasi yoʻq. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qabulga kelganlarni qunt va chidam bilan eshitish, ular qoʻygan masalani hal etish Oyqiz uchun temir qonun edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Uzoq xizmat qilish, chidash xususiyati, pishiqlik, puxtalik, mustahkamlik.
-
Chidami yoʻq ip.
CHIDAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chidam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar