chigal
bilan ulashing
1. Uchini topib, yozib boʻlmaydigan, chalkashib, u yer-bu yeriga tugun tushib qolgan (ip, ingichka sim va shu kabilar haqida).[
-
Onam] Otamning bu javobidan chigal kalavaning uchini topganday, uni yaxshilab yechishga kirishdi. S. Ayniy, Esdaliklar
2. koʻchma Chalkashib, murakkablashib ketgan; chalkash.
-
Chigal bir masala.
-
Men ona yurtim, jonajon Orolim va uning chigal qismati haqida ogʻir oʻyga toldim. Gazetadan
3. koʻchma Muammo; qiyin masala.
-
Ulugʻbek handasa ilmida chigallarni yechuvchi erdi. Yoshlik
-
Suv muammosi hal boʻldi-yu, boshqa chigal chiqdi. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
chigal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chigalini yozmoq
-
Yigit oʻrnidan turib, chigalini yozish uchun kerishdi. Z. Aʼlam, Zarb;
-
Xola:] Bunaqa uylarda is bosib oʻtiraversa, yuragiga zardob toʻplanadi-da! Bunday toʻypoʻy qilib, koʻnglidagi chigalini yozmasa. S. Nurov, Narvon
CHIGAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИГАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chigal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar