chidamli
bilan ulashing
1. Qiyinchilik, ogʻriq, dard, alam va shu kabilarga chidaydigan; toqatli, toʻzimli, bardoshli.
-
Chidamli ayol. Chidamli er lochin tutar. Maqol
-
Demak, Feruza chidamli boʻla olmagan shaharlik yosh agronom yigit oʻrniga kelibdi. H. Gʻulom, Feruza
2. Turli ogʻir tabiiy sharoitlarda yashay oladigan.
-
uzun tolali va har qanday kasalliklarga chidamli, ayniqsa, viltga chidamli navlar yaratish ishi oqsayapti. Mirmuhsin, Umid
3. Uzoq xizmat qiladigan, chidaydigan; pishiq, puxta, mustahkam.
-
Chidamli poyabzal.
-
— Men hayronmanki, — dedi soʻzga chiqqan xoʻjalik mudiri, — xalq silliq va chidamli surp, chit va satinlarni olmay, qoʻ-pol va dagʻal boʻz va qalami orqasidan yuguradi. S. Ayniy, Qullar
4. Turli sharoitlarda (oʻt, suv va shu kabilar taʼsirida) oʻz xususiyatlarini yoʻqotmaydigan.
-
Oʻtga chidamli gʻisht.
CHIDAMLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИДАМЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chidamli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar