chida
bilan ulashing
1. Ruhiy yoki jismoniy qiyinchiliklarning tugashini sabr bilan kutmoq; ularga bardosh bermoq.
-
Ogʻriqqa chidamoq. Qiyinchilikka chidamoq. Sovuqqa chidamoq. Tanqidga chidamoq. Qirqiga chidagan, qirq biriga ham chida. Maqol.
-
Bu gap menga ancha ogʻir botdi, lekin chidadim. Yoshlik
-
Toshning qirrasi oyogʻiga yomon botdi, lekin chidadi. Yoshlik
2. Koʻp, uzoq muddat xizmat qilmoq.
-
Etigim uzoq chidadi. Boʻzdan koʻra satin uzoq chidaydi.
3. Turli sharoitlarda (oʻt, suv, zax va shu kabilar taʼsiri ostida) oʻz xususiyatlarini saqlamoq.
-
Oʻtga chidaydigan gʻisht. Kislotaga chidaydigan material.
4. Yetmoq, kifoya qilmoq.
-
Yotib yeganga turum togʻ chidamas. Maqol
-
[Mirzakarimboy:] Har nimani bozordan olaversa, Sulaymonning gʻaznasi ham chidamaydi, jiyan. Oybek, Tanlangan asarlar
chida soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chidaganga chiqargan
-
— Uylanishni chidaganga chiqargan, — dedi magazinchi togʻamning suyukli xotini xaxolab. Gazetadan
-
[Nuri] Mehmonga kelgan takabbur kelin kabi, yalqovlanib kezdi, gilos gullarini tomosha qildi. U shu bilan qaynanasiga: Chidasang — shu, chidamasang — katta koʻcha. Onam meni ish uchun tuqqan emas demoqchi boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
CHIDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chida so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar