mayl
bilan ulashing
1. Kishining narsa yoki ishga, biror ehtiyojini qondirishga boʻlgan ishtiyoqi, qiziqishi, intilishi, havasi; moyillik.
-
Uning musiqaga mayli zoʻr.
-
Mahfuzada chevarlikka boʻlgan mayl ustun chiqdi T. Avvalov, Shogird mehri
2. Istak, xohish, ragʻbat.
-
Yetim bolalarni oʻqitishga uning mayli boʻlmasa ham, bormay iloji yoʻq ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Erk, ixtiyor.
-
Oʻz mayliga qoʻymoq.
-
— Har kimning mayli oʻzida, — dedi Sharofat va labini burib, chetga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. tilshunoslik Harakatning voqelikka boʻlgan munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilaydigan grammatik kategoriya.
-
Shart mayli. Buyruq mayli. Feʼl mayllari.
MAYL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЙЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mayl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar