obod
bilan ulashing
1. Koʻrkam binolar, chiroyli koʻchalar, bogʻ-u rogʻlar bilan goʻzallik kasb etgan, gullab-yashnagan.
-
Obod shahar.
-
Vatanni obod qilish fidokorlikdir. Gazetadan
-
Baqaqurulloq serdaraxtligi, maydondagi bir-ikkita oq uylari bilan Qoʻgʻazordan xiyla obod koʻrinar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Yaxshi qarov, parvarish bilan yetishtirilgan.
-
Obod bogʻ.
-
Hirot muzofotida Hurrud boʻyida bir oila tomonidan kattagina bir bogʻ obod qilingan edi. S. Ayniy, Qullar
-
Yaxshi ishlasak, oʻz turmushimiz farovon, yurt obod boʻladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
3. Xalq koʻp yigʻiladigan, gavjum va ser-fayz.
-
Obod park,
-
Qishloqning bu ovloq joyi maktab qurilishi boshlanganidan buyon obod bir saylgoh boʻlib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qish kechalari juda uzun, shuning uchun choyxonalar obod. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Xursand, shod.
-
Kimdir toma bilan dunyo kezadi, Kimdir oʻksik dilni etadi obod. A. Oripov, Yillar armoni
5. Baʼzi otlarga yoki ayrim sifatlarga qoʻshilib, shahar, qishloq va shu kabilar nomini yasaydi, masalan,
-
Nurobod, Ishqobod. Bekobod, Yangiobod
-
Ular Qurbaqaobod mavzeyiga yetib, odamlardan Normatxoʻjaning bogʻini surishtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
OBOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОБОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
obod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar