salmoqla
bilan ulashing
1. Qoʻlda koʻtarib koʻrib, ogʻirligini chamalamoq.
-
Mirkarim Oy-sanamning qoʻlida qolgan ellik tiyinlik tangani ham olib, kaftida salmoqlab koʻra boshladi. M. Xayrullayev, Qoʻshnilar
-
— Yaxshi qilich! — salmoqlab, tigʻini yana qiniga tiqdi Arslonqul. Oybek, Navoiy
2. koʻchma Vazminlik bilan, dona-dona qilib gapirmoq, soʻzlamoq.
-
— Sen qutqarib qolmaganingda, hozir bular qayoqda edi, — dedi buva salmoqlab. T. Ashurov, Oq ot
3. koʻchma Fikran chamalamoq; qiyoslamoq.
-
Ibrohimov oʻrtaga tashlangan fikrlarni va bularning toʻgʻri yo notoʻgʻri ekanligini isbot qilish uchun koʻrsatilgan dalillarni oʻlchab, salmoqlab koʻrdi, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratib yozib oldi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
4. Shoshmasdan, bitta-bitta qadam tashlamoq, sekin yurmoq.
-
Xolmat begʻam, odatdagidek salmoqlab qadam tashlab, ayvonga oʻtib ketaverdi. I. Rahim, Chin muhabbat
SALMOQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛМОҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
salmoqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar