karnay
bilan ulashing
1. Misdan yasalgan, uzun, ogʻzi keng (konussimon), puflab chalinadigan, qattiq ovozli musiqa asbobi (odatda, toʻy va katta tantanalarda chalinadi).
-
Kuyov uzun va keng zarbof toʻn kiyib, katta sallasiga kurkam oltin jigʻa qoʻndirib, havoni titratgan karnaylar, surnaylar sadosi bilan oʻzinikiga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shu asbobga biror jihatdan oʻxshash boʻlgan narsaga nisbatan qoʻllanadi.
-
Radio karnayi.
-
Shartta orqasiga qayrildi-da, qoʻllarini karnay qilib, ovozining boricha qichqirdi S. Anorboyev, Oqsoy
-
U Alibekning qoʻlidagi karnay qilib oʻralgan narsaga koʻz tashladi. Sharq yulduzi
karnay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishtahasi karnay
-
Uning [Murodning] dasturxonni ham yeb qoʻyguday ishtahasi karnay boʻlsa ham, ovqat aralash, gapini kanda qilmas edi. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
-
Mol-mulkka, shon-shavkatga, hokimiyatga ularning ishtahalari hamisha karnay. Oybek, Navoiy
KARNAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРНАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
karnay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar