karomat
bilan ulashing
1. Xudoning, gʻayritabiiy kuchlarning aralashuvi bilan, ular yordamida vujudga keladigan gʻaroyib hodisa(lar), moʻjiza.
2. din. Biror voqea-hodisaning qachon va qanday boʻlishini ilohiy bilim asosida oldindan bilish, oldindan aytib berish; bashorat.
-
Karomat nogʻorachilarda boʻladi. Qoʻshningning xotini tugʻsa, ertalab nogʻora ovozidan bilan. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. eskirgan Oldindan aytilgan xabar, fikr-mulohaza.
-
Karomatingiz juda toʻgʻri.
-
Eshon va eshon ayaning har bir gapini karomat bilgan muridlarning tushunchasini oʻzgartmoq, eshondan eʼtiqodini qaytarmoq oson emas. S. Ahmad, Hukm
4. Karomat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
karomat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Karomat qilmoq.
-
Agar shahardagi qoʻl bergan donishmand pirim kelib: — Hoy Madamin, bir kun emas, bir kun amaldan ajrab, xalq oldida boʻyin egasan, — deb karomat qilsa, pir boʻlishiga qaramay, qamchi bilan rosa savalardim. P. Tursun, Oʻqituvchi;
-
Xuddi dehqonlarning yuragiga qoʻl solib, dardini topganday, karomat qilib aytishini qarang-a. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Karomat koʻrsatmoq
-
Oʻqib, nima karomat koʻrsatardingiz, bolam? Juda shahar olib berarmidingiz ? M. Jaloliddinova, Jurʼat
-
— Doktor chaqiraymi, Polvon amaki? — Qoʻy, inim doktoring nima karomat koʻrsata olardi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
Sohibi karomat
KAROMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРОМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
karomat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar