azon
bilan ulashing
1. din. Namoz oʻqishga chaqiriq.
-
Masjiddan shom azoni eshitildi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Shukur soʻfi mezanaga chiqib, azon aytdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Tong yorishish, gʻira-shira payti; erta tong.
-
— Shu boʻyi tuni bilan yigʻlab chiqibdi, soʻng, senday erga tekkuncha, qora yerga tegib qoʻya qolay deb, azonga yaqin bir iloj qilib qochibdi, — dedi Davlatyor. P. Tursun, Oʻqituvchi
azon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qulogʻiga azon aytmoq
-
Katta bobosi uning qulogʻiga azon aytib, tanglayini koʻtardi. Mirmuhsin, Meʼmor
Soʻfi azon aytmasdan
-
Soʻfi azon aytmasdan nima qilib yuribsan?
-
Kunlardan bir kun, soʻfi azon aytmasdan, oʻrnimdan turib Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
AZON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЗОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
azon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar