ruchka
bilan ulashing
1. Yogʻoch yoki plastmassadan qilingan, bir uchiga pero yoki ichiga rang bilan toʻldirilgan sterjen oʻrnatiladigan choʻzinchoq tutqich — yozuv quroli.
-
Abdurazzoq ruchkani siyohga botirib, hafsala bilan, xuddi surat chizayotgandek qilib imzo chekdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Shirinxon stolga surilib, siyohdonga tirogʻlik turgan ruchkalardan birini oldi. S. Zunnunova, Olov
-
Hozir yozuv-chizuvni sharikli ruchkasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Fan va turmush
2. so‘zlashuv tili Dasta.
-
Eshik ruchkasi. Deraza ruchkasi.
RUCHKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РУЧКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ruchka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar