ruxsat
bilan ulashing
1. Biror ishni bajarish, qilish, amalga oshirish uchun shu ishga taalluqli yoki javobgar kishi, organ, tashkilot va shu kabilar tomonidan berilgan ijozat, rozilik javobi.
-
Ruxsat bermoq. Ruxsat olmoq.
-
Janoblar! Menga ruxsat beringlar, borib otamga qarashim kerak. Hamroh boʻlganingiz uchun tashakkur! Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Bunaqa jiddiy narsalarni yozish uchun bosh redaktorning ruxsati kerak, — deb bahona qildim. S. Ahmad, Saylanma
-
Aʼzam Zohidovichdan ruxsat soʻrab, doʻstimning ishxonasiga yoʻl oldim. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. kesim vzf. Javob, ijozat (siz boʻshsiz, ketishingiz mumkin maʼnosida).
-
Sizga ruxsat!
-
Menga ruxsatmi, bek? Azizbek yoʻl ustidan hojiga qaradi: — Ruxsat, ertaga choyni oʻrdaga kelib iching! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
RUXSAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РУХСАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ruxsat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar