sev
bilan ulashing
1. Ishq-muhabbat tuygʻusi bilan munosabatda boʻlmoq; koʻngil qoʻymoq, yaxshi koʻrmoq.
-
Jonginam, men senga koʻrsatay vafo, Gullagan bahorim, seni sevaman. U. Ismoilov, Saylanma
-
Shu topdagina u [Alimardon] Muqaddamni sevganini, qattiq sevganini tushundi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Mehr-muhabbat, sadoqat koʻrsatmoq; gʻamxoʻrlik qilmoq.
-
Vatanni sevmoq. Onani sevmoq.
-
Ona oʻz oʻgʻlini sevadi faqat H. Olimjon
-
Otam boʻlmasangiz ham, meni otam muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon bir kishimsiz, yaʼni maʼnaviy otam. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Yoqtirmoq, yaxshi koʻrmoq.
-
Musiqani sevmoq. Gulni sevgan tikanni ham sevadi.
-
Nuri kiyinishni, bezakni sevar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
sev soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jini sevmaslik
-
Mingboshi, Sodiq aminni jini sevmagani uchunmi, u bu yerda yoʻq. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
SEV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sev so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar