sevgi
bilan ulashing
1. Qarama-qarshi jinsdagi odamlarning (er va xotin, yigit va qizning) bir-biriga nisbatan chuqur intim, chin qalbdan va fidokorona iliq munosabat tuygʻusi; ishq, muhabbat.
-
Sevgi pulga sotilmas, koʻngil pulga topilmas. Maqol
-
Muhabbat uning [Gulnorning] yuragini har kun yana chuqurroq egallab, dardini kuchaytirgach, sevgining chin maʼnosini tushuna boshlagandi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sevgi odamning yuragiga tiniqlik, nur, koʻngliga ezgu orzular soladi deyishadi. S. Ahmad, Sud
-
Sevgini tortib boʻlarmi Toshu tarozu bilan E. Vohidov, Muhabbat
2. Biror yaqin kimsa yoki narsaga nisbatan mehr-sadoqat, mehr-muhabbat tuygʻusi.
-
Vaqtim chogʻ etgan — Vatan sevgisi! Koʻksim togʻ etgan — Vatan sevgisi! Yo, Mirzo
SEVGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕВГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sevgi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar