qiyna
bilan ulashing
1. Jisman yoki ruhan ozor bermoq, aziyat yetkazmoq, azob-uqubatga, qiyin ahvolga solmoq.
-
Tish ogʻrigʻi meni qiynayapti. Uni tashnalik qiynayapti.
-
Anvar qiynamay, ozor bermay, zaxasiz kapalak tutib kelganlarga sabogʻini oʻqitib qoʻyish bilan mukofot berar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Komila oqsab qoldi, uni baland poshnali, qoshiqday ixcham tuflisi qiynar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
Nimaga indamaysiz, Hayotxon? Gapiring, yo meni qiynagani chiqqanmidingiz? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Qudam ikkovimiz basma-basiga orzu-havas deb, bolalarni qiynab qoʻyibmiz. Mushtum
2. so‘zlashuv tili Biror jihatdan cheklamoq, qismoq, muhtoj qilmoq, zoriqtirmoq.
-
Ovqatdan qiynamoq. Puldan qiynamoq.
3. Maxsus usullar bilan azob bermoq, azoblamoq, qiynoqqa solmoq.
-
Qiynab soʻroq qilmoq.
-
Bosqinchilar unga sira tinim bermay urmoqda va qiynamoqda edilar. Gazetadan
-
Fashistlar Hasanovdan oʻzlari uchun kerak boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab, qiynay boshladilar. T. Rustamov, Mangu jasorat
QIYNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar