qiynoq
bilan ulashing
1. Jismoniy yoki ruhiy azob, aziyat, ozor.
-
Atrofda gʻuv-gʻuv pashsha; oyoqlarga yopishadi, burun kataklariga suqiladi, quloqni uzadi bir zum tinchlik yoʻq. Yoʻlchi soch oldirib boʻlguncha, qiynoq ichida toqatsizlandi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ruhiy azob va mushkul fikrlar qiynogʻida tunning qanday oʻtganini sezmay qoldim. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
2. Qiynash, azoblashning yoʻl-usullari va ularni qoʻllash.
-
Terisi shilinib, ming azob bilan qiynoqda oʻldirilgan ulugʻ shoir Nasimiy xayolidan oʻtdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ayniqsa vahshiylarcha qiynoqqa solinganini koʻrganda, dod deb, boʻsh stakanni ekranga otdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
QIYNOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙНОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiynoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar