qiyom
bilan ulashing
1. Quyosh tikka koʻtarilgan payt, tush payti; peshin.
-
Qiyomda chopiqchilar dam olgani chiqishdi. Kun qiyomdan ogʻdi.
-
Qiyom vaqtida bir qancha bolalar toʻy keldi, toʻy keldi, deb baqirib-chaqirib yugurishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kun qiyomiga kelib, peshin namozi oʻqilgandan keyin koʻshkning ich-tashi jimjit boʻlib qoldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Meʼyor, marom.
-
Shavla qiyomiga yetib pishgan edi. Alijon ishtaha bilan huzur qilib yedi. H. Nuʼmon, Fasllar
-
Fikr bahsda qiyomiga yetadi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Ketmon deganni bir qiyomda chopadi kishi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Oxirgi nuqta, tamom boʻlish payti, oxiri.
-
Soch oldirish qiyomiga yetay degandi, sarrojlik — egar-jabduq rastasi tomondan qiygʻos toʻpolon ovoz koʻtarilib qoldi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Toʻylari gʻaribroq bosh-landi-yu, qiyomida qizib ketdi. E. Aʼzamov, Javob
-
Kanal qurilishi qiyomiga yeta boshlagach, Andijonga qaytdim. Oʻzbekiston qoʻriqlari
1. Shakarni suvda qaynatib tayyorlangan quyuq sharbat.
-
Kampir oʻng qoʻliga dasturxondan bir burda jizzali nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Iboxon, Feruza koʻzli isirgʻa
2. aynan Murabbo.
-
Olcha qiyomi. Olma qiyomi. Anjir qiyomi.
QIYOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЁМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar