qiyos
bilan ulashing
1. Oʻzaro chogʻishtirish, solishtirish, taqqoslash; muqoyasa, taqqos.
-
Tarjima sifatini aniqlashning asosiy vositasi qiyosdir. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
-
U notiqlik sanʼatini erinmay oʻrganishi, oddiy qiyoslardan katta xulosalar chiqarish koʻnikmasini hosil qilmogʻi lozim. Gazetadan
2. Oʻxshash, teng, misl.
-
Onamiz koʻkragin yoʻqdir qiyosi, Shundan oqib chiqar mehr daryosi. Yo. Mirzo
-
Yurtim, senga sheʼr bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. A. Oripov, Ruhim
qiyos soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻzingdan (oʻzimdan) qiyos
-
Mana, oʻzimdan qiyos. Kechagina hammangga kulgi boʻlib yurgan bir soldat edim. Mana endi, xudoga shukur, jir bitib, odam boʻlib qoldik O. Yoqubov, Izlayman
QIYOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЁС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar