qiyomat
bilan ulashing
1. Diniy eʼtiqodlarga koʻra, goʻyo bu dunyo tugagach, u dunyoda hamma tirilib, soʻroqqa toʻplanadigan kun; oxirat, mahshar.
-
Afandim, kim qurbonlikka qoʻy soʻysa, qiyomat kuni qil koʻprikdan oʻsha qoʻyni minib oʻtar emish, shu rostmi? Latifalar
-
Agarda haqqingizni olmasangiz, men bir keksa odamni qiyomatgacha qiynagan boʻlasiz, oling, inim. Mirmuhsin, Meʼmor
2. koʻchma Qiy-chuv, toʻpolon, ur-yiqit; janjal.
-
Ertalab koʻcha qoʻqqisdan qiy-chuv, qiyomat boʻlib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Aylanay, sizlarning qoralaringizni koʻrishi bilan: Raisga Jalil oʻlgur yetkazgan. Boʻlmasa, nega kelyapti? deb qildi qiyomatni. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Mana endi nima boʻldi. Hali eshikdan kirishim bilan kelin qiyomat koʻtaradi. Oydin, Kelin oʻgʻil tugʻibdi
3. koʻchma s.t. Juda ajoyib, kishi qoyil qoladigan.
-
Qiyomat etik,
-
Oʻzbekiston oqsoqoli Yoʻldosh ota bilan Usmon Yusupov ham shu yerda [bosh toʻgʻonda] edilar. Koʻp uchastkalardan odam yigʻilgan, qiyomat bazm boʻldi. Gʻ. Gʻulom, Hamidni eslab
qiyomat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qiyomati qarz
Qiyomatda
-
Qarzingni undan qiyomatda ham ololmaysan. Qirqida qoʻliga soz olgan, qiyomatda qulogʻini burar. Maqol
Qiyomatdan qiyin
-
Uni koʻndirish qiyomatdan qiyin.
-
Ayniqsa, Toʻlqinning uxlashi qiyomatdan qiyin, koʻzi uyquda boʻlsa ham, tili tinmaydi. H. Gʻulom, Mashʼal
QIYOMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЁМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyomat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar