qiyofa
bilan ulashing
1. Tashqi koʻrinish, tus.
-
Shahrimizning qiyofasi kundan-kunga oʻzgarmoqda.
-
Goʻyo ulugʻ bir hodisa sodir boʻlishi kutilayotgandek yer-u koʻk tantanali qiyofa oldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Zamonning oyogʻida Qudrat bergan eski choriq, qoʻlida yosh bolaning kallasiday gurzi yuzida gʻayrat oʻti — u shu qiyofada Farhodni esga soladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Oʻsha Elgeldimisan, tomir? Sob boʻlibsan-ku! Bay-bay-bay Odamni ham shunday ayanchli qiyofaga solsa boʻlar ekan-da. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Yuz ifodasi.
-
Uning qiyofasidan xursand ekanligi koʻrinardi.
-
Negadir, hammaning qiyofasi birdan jiddiy tus olgan. Anvarning koʻzlarida hatto qoʻrquv. H. Ahmar, Kim haq?
-
Qiyofamda ranj alomati boʻldi shekilli, hamxonam darhol gapni boshqa tomonga burib yubordi. N. Aminov, Qaltis xato
3. koʻchma Kishining maʼnaviy, ruhiy va axloqiy xususiyatlari, ongi, dunyoqarashi, bilim-saviyasi va shu kabilar majmui.
-
Kishining maʼnaviy qiyofasi.
-
Yoshlarning qilayotgan yillari ularning qiyofasini belgilab beradi. Gazetadan
QIYOFA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЁФА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyofa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar