xona
bilan ulashing
1. Turarjoyning alohida ajratilgan har bir boʻlimi; boʻlma.
-
[Qizning] Koʻzlariga yana yosh quyilib keldi-yu, chopib borib, oʻz xonasiga kirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ovqatdan soʻng bir oz televizor koʻrib oʻtirishdi. Keyin ota-bolaga shu televizorli xonaga joy solib berishdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
2. Korxona, tashkilot, muassasalarda muayyan maqsad uchun ajratilgan alohida joy; boʻlma.
-
U [Aziza] devoriga har xil diagrammalar, portretlar ilib tashlangan oʻqituvchilar xonasidan oʻtib eshikni taqillatdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bosh vrachning xonasida oʻtirgan ikki kishi professorni koʻrishi bilan oʻrnidan turdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
3. Ayrim buyum yoki organizmlarning ichida biror narsa joylashadigan (yetishadigan yoki saqlanadigan) chuqurcha, oʻyiq.
-
Ari uya xonalari. Gʻoʻzapoʻchoq xonasi.
-
Uning tovushi yoʻgʻonlashdi, koʻzlari xonasidan chiqayozdi, yuzlari tirishib, xunuk alomatlar paydo boʻldi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
-
Buncha sochilgan harfni joy-joyiga qoʻyish, qaysi xonada qanday harf turishini bilmagan Saidiy uchun koʻp qiyin ish edi. A. Qahhor, Sarob
4. mat. Oʻnli sanoq sistemasida yozilgan natural sonda qatnashgan raqamlar oʻrni.
XONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar