xonaki
bilan ulashing
1. Qoʻlda tayyorlangan; qoʻlda qilingan.
-
Xonaki non. Xonaki tufli.
-
Dasturxonda xonaki pechenyelar, atirgul nusxa tort va turli xil mevalar bor edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. so‘zlashuv tili Maxsus tayyorlangan; qoʻlbola.
-
Xonaki choy damlamoq. Xonaki palov qilmoq.
3. Uyda, xonadonda boqiladigan; parvarish qilinadigan; qoʻlga oʻrgatilgan.
-
Xonaki it. Xonaki gul. Xonaki oʻrdaklar.
-
Bu shifobaxsh oʻsimlikni [aloeni] istagan har bir kishi xonaki qilib oʻstirishi mumkin. Saodat
4. Xona yoki uy ichida boʻladigan, uyda bajariladigan.
-
Xonaki bazm. Xonaki ish. Xonaki hunar.
-
Sotiboldi tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur boʻldi — har xil savatchalar toʻqishni oʻrgandi. A. Qahhor, Bemor
XONAKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОНАКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xonaki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan XONAKI so‘ziga berilgan ma’nolar
xonaki so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar