xon
bilan ulashing
1. tarixiy Turkiy va moʻgʻul xalqlari hukmdorlari unvoni.
-
Qoʻqon xoni. Xon saroyi.
-
[Mulla Fazliddin:] Toshkent xoni Mahmudxon ham bizga qarshi qoʻshin tortib kelmoqda emish. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. tarixiy Xonlik qilgan, xon lavozimidagi shaxs ismiga qoʻshilib, unvon ifodalaydi.
-
Bahodirxon — Xivada, Xudoyorxon — Qoʻqonda xonlik qilgan.
3. Erkak va ayollar ismiga qoʻshilib, hurmatni ifodalaydi.
-
Oqilxon, Karimaxon.
xon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xon koʻtarmoq
-
[Xudoyorni] xon koʻtarib, el yelkasiga mindi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shu yerning oʻzida unga Said Jalolxoni sohibqiron deb nom berildi va xon koʻtarildi. A. Qahhor, Bashorat
Oʻzi xon, koʻlankasi maydon yoki oʻziga xon, oʻziga bek
-
— Xotinlari ham kimsan — oqsoqolning xotinimiz, deb kekkayib, oʻzlariga xon, oʻzlariga bek boʻlib, rosa zugʻumini oʻtkazishadi-da, — dedi Yusvali togʻa. P. Tursun, Oʻqituvchi
XON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar