xomush
bilan ulashing
1. Gʻamgin, kayfiyati yoʻq; maʼyus.
-
Otabek xomush oʻtirar, Hasanali esa uning holini taʼqib etmoqda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Ahmad] Parishon va xomush bir kayfiyatda zoʻr-bazoʻr qadam bosib, ishxonasi tomon yoʻl oldi. F. Musajonov, Himmat
2. Oʻychan, soʻzsiz.
-
U [chol] tajang boʻlmagan vaqtda koʻpincha boshi yarim qiyshaygan, xayolchan, xomush yuradi. Mirmuhsin, Zanglagan qilich
-
Komandir jim, komandir xomush. U. Nosir
3. koʻchma Avzoyi buzuq, jimjit (ob-havo haqida).
-
Shamol bosilgan Tabiat xomush. H. Gʻulom, Mashʼal
xomush soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xomush tortmoq
-
— Hammasi joyida deysanmi? — Bolta muallim xomush tortdi. — Qaniydi shunday boʻlsa. Afsuski, bunday emas. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
Xomush bulut
-
Zilziladan chalavayron shahar ustida xomush bulut karvonlari vazmin surgaladi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
XOMUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОМУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
XOMUSH so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingXOMUSH so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan XOMUSH so‘ziga berilgan ma’nolar
xomush so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
xomush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar