parqu
bilan ulashing
1. sifatdosh Oqqushning pari bilan toʻldirilgan (yostiq, toʻshak haqida).
-
Parqu yostiq.
-
Shakarxon goʻyo kirib kelayotgandek, parqu bolishlarga yonboshlaganicha toqilariga solingan oʻymakor gullarga razm tashlayotgandek X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
2. ot Par solib tikilgan bolish yoki toʻshak; par yostiq.
-
Supabop turkman gilam, koʻrpa-toʻshaklar qatma-qat, Ultirib soʻzlashgani yonboshda parqu ham shinam. S. Abdulla
-
Oʻtirdilar bari, yonboshda parqu: Boshin qoʻysa, kishini elitar uyqu. M. Alaviya
-
Sarhovuzning toʻrt yogʻi shohsupa edi toʻrt yogʻiga karavotlar qoʻyilgan, parqu toʻshalgan, yostiq qoʻyilgan, yotmoqqa ajoyib salqin joy edi. Folklor
3. koʻchma Bulutlar.
-
Oy suzar oromijon Parqularni oralab, Nurlar oʻynar bearmon, Devorlarni moʻralab. A. Suyun, Zamin taqdiri
PARQU so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРҚУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PARQU so‘ziga berilgan ma’nolar
parqu so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
parqu so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar