parrak
bilan ulashing
1. Suv yoki shamol kuchi bilan aylanadigan kurakli sodda mexanizm.
-
Suv tegirmonining parragi. Shamol tegirmonining parragi. Tunuka parrak.
-
Ular konga teskari yoqdagi katta xarsang toshlar panasida shamol tegirmoni parraklari vazmin aylanib turgan qishloq tomonga tusha boshladilar. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
2. so‘zlashuv tili Har xil mashinalarning shu shakldagi qismi.
-
Ventilyator parragi. Samolyot parragi.
-
Dalaning u boshida parragi charx urib, kombayn oʻrmalardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Birpas oʻtmay vertolyotning qudratli motori gurullab, ustidagi katta parraklari aylana boshladi. N. Fozilov, Diydor
3. koʻchma Yupqa qilib toʻgʻralgan, kesilgan, boʻlaklarga boʻlingan biror narsa.
-
Bir boʻlak goʻsht oʻn parrakka boʻlindi.
-
Ota-murod nima uchundir dastlabki toʻrt parrakni jonliroq-jonliroq qilib kesdi. M. Mansurov, Yombi
4. s.t. koʻchma Telefonning raqamlar terilganda aylanuvchi chambaragi.
-
Qushlarga quriladigan in shaklidagi yogʻoch uychani bir oʻzi toʻldirib oʻtirgan biqqi qorovul Alamazonni chetroqqa turgʻizib qoʻyib, telefon parragini gʻildiratishga tushdi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat.
parrak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burun parragi
-
Nafas olishda qiynalayotgan boʻlsa kerak, burun parraklari uchib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar
PARRAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
parrak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar