tep
bilan ulashing
1. Oyoq bilan zarb bermoq.
-
Koptok tepmoq. Eshikni tepib ochmoq. Itni qopmas deb boʻlmas, otni tepmas deb boʻlmas. Maqol
-
U [Soli sovuq] shoshib-pishib, Azim boyvachchaning koʻkragidan itarib edi, Azim uning kindigiga oʻxshatib tepdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Polvon uni bir tepib, yerga agʻnatdi-yu, boʻgʻzidan bosib turaverdi. S. Siyoyev, Avaz
2. Oyoq bosib, tepkilab biror ish qilmoq.
-
Tom tepmoq. Loy tepib pishitmoq.
-
Kechalari shinni uchun uzum tepadilar, kunduzi ularni aravalab shaharga tashiydilar. Oydin, Yamoqchi koʻchdi
-
Loy tepish, loy qorish ishlari qilinmaydi. Mushtum
3. Oʻq uzish yoki boshqa bir ish paytida zarb bilan orqaga siljimoq, urmoq.
-
Bu miltiq qattiq tepar ekan.
-
Nima balo boʻldi, mashinaning ruchkasi tepib oldimi, dey-man I. Rahim, Shonli avlod
4. koʻchma Ritmik harakat qilmoq, dukullamoq, urmoq (yurak va qon tomirlari haqida).
-
Yuragim gurs-gurs tepadi.
-
Ular [yigit bilan qiz] darvoza tagiga oʻtirdilar va shu zayl bir necha vaqt nafaslarini yutib, goʻyo bir xilda tepayotgan qalblarini tinglab, indamay qoldilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bashorat oʻzining oqarib ketganini sezdi, chakka tomirlarida qon gupullab tepardi. A. Muxtor, Opa-singillar
5. koʻchma Tepaga, yuzaga (sirtga) koʻtarilib chiqmoq, koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
-
Qizamiq sirtga tepdi. Sizot suvlar yer betiga tepib chiqdi.
-
Ter kuchli ishqorli reaksiya beradi va u tanaga tepib, shoʻrga aylanadi. Fan va turmush
-
Nima uchundir yuragi hovliqar, tez-tez urar edi. Yuziga qon tepgan. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Onaning dili oʻgʻlining yuziga tepib chiqqan alamli norozilikni, aniq boʻlmasa ham, darrov sezgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
6. Baʼzi soʻzlar bilan birikib, narsaning shu soʻz bildirgan joyga urishi, yetishi maʼnosini bildiradi.
-
Ana, gʻoʻzalarimizga oʻzingiz bir qarang, belga tepadi-ya! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
tep soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beliga tepmoq
-
Ishning beliga tepmoq. Gapning beliga tepmoq.
-
E-e, senmisan? Ammo uyquning ham beliga tepding-da! Tinchlikmi oʻzi? O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Bu orada rotalardan maʼlumot olib kelgan aloqachilar suhbatning beliga tepdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Burga tepdi
-
Sizni qanaqa burga tepdi, yotib olibsiz? A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
Orqasiga tepmoq
-
Dunyo yalinib kelgan vaqtda shoh Mashrab uning orqasiga tepgan ekanlar dunyo oʻzi bevafo, orqasiga tepsang arziydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Tilab olgan bolamni echki tepib oʻldirdi
Toʻydirganning qorniga tepmoq
-
Endi toʻydirganning qorniga tepma-da. A. Muhiddin, Chap choʻntak
Oʻlganning ustiga (chiqib) tepmoq
-
Kolyaning haqorati qalbini nashtardek tilgan Fotima opaga odamlarning taʼnasini eshitish oʻlganning ustiga tepgandek boʻldi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
qoʻlingda xating bor, oʻlganning ustiga chiqib tepgandek, xat-xabar-siz qoʻyma! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TEP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tep so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar