gumashta
bilan ulashing
1. tarixiy 20-asr boshlariga qadar Turkistonda katta savdogar boylarning joylarda savdo ishlarini olib boruvchi ishonchli kishisi, vakili.
-
Baʼzi serpul — katta dunyodor koʻpas boylar uzoq yurtlarga oʻz gumashtalarini yuborib, oʻzlari kayf-safo bilan mashgʻul boʻlar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
[Abdulla Qodiriy] 1912 yilda yana boshqa bir savdogarga yiliga 50 soʻm ish haqi bilan gumashta boʻlib kiradi. OʻTA
2. koʻchma Biror kimsani qoʻllab-quvvatlash bilan muayyan amalga tayinlangan yoki birov tomonidan maxsus topshiriq bilan qoʻyilgan shaxs.
-
U [Vahob Berdiyev] apparatni oʻz gumashtalari bilan toʻldirdi. Gazetadan
-
Solihboy gumashtalari esa buni oʻzlaricha izohlab, boyning saxovatpeshaligi, kambagʻalparvarligi deb tushunadilar. S. Xoʻjayev, Oʻzbek tarixiy filmlari
GUMASHTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУМАШТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gumashta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar