qum
bilan ulashing
1. Bir-biri bilan birlashmaydigan, mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi (asosan qurilishda va qurilish materiallari ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi).
-
Qumdan qoʻrgʻon boʻlmas. Maqol
-
Tut darvoza oldiga toʻkilgan qumda oʻynab oʻtirgan bolakaylarga birpas zavq bilan qarab oʻtirdi. N. Aminov, Suvarak
-
Qurilish materiallari oyoq ostida toʻkilib, ohak qumga, qum tuproqqa qorishib ketadi. Mushtum
2. aynan Qumlik.
-
Karvonlar qumda adashib, sargardon boʻlmaydilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bir yigit chirogʻi oʻchirilgan mototsiklini quyunday uchirib, qum ichkarisiga kirib ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. sifatdosh Qumga oʻxshash, mayda.
-
Qum shakar.
-
Joʻraposhsha boʻynidan qum marvarid marjonini chiqardi-da, ipini shart-shurt uzib, marvaridlarni kigizga toʻkdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qum soat
-
Oʻrta asrlarda bandli qum soatlar urf edi. Fan va turmush
Rangi qum oʻchdi (yoki oqardi)
-
Sveta konvertni olib ochdi, xatga koʻz yuritdi-yu, rangi qum oʻchib ketdi. V. Gʻofurov, Vafodor
-
Kelinning rangi qum oqarib ketgan, dagʻ-dagʻ titrar emish. S. Ahmad, Choʻl burguti
QUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar