gumbur
bilan ulashing
1. taql. s. Portlash chogʻida chiqadigan yoki portlashga oʻxshash kuchli, davomli tovush haqida.
-
Bazm borgan sari qizimoqda, chirmanda gumburiga qoʻshilib, yalpi qiyqiriqlar eshitilmoqqa boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Nogʻoralar gumburi va karnaylar sadosi yana osmon-u falakka chiqdi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
2. sifatdosh Mustahkam, pishiq-puxta.
-
Gumbur arava.
-
— Mashina gumbur,— dedi Rajab aka,— Endi bu yogʻi senga bogʻliq, uka! K. Rahim, Oʻz kasbini sevgan yigit
-
Aravalar gumbur, otlar semiz, kerakli anjomlardan tashqari, turli hashamlar bilan bezatilgan. H. Nuʼmon, A.Shorahmedov, Ota
gumbur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ish gumbur
-
[Mirzarayim Guljonga:] Mana shu xat bilan ish gumbur. Guljonni loʻkillatamiz-qoʻyamiz Hamza, Paranji sirlari
-
Uning [Mirkomilning] ishlari gumbur. K. Yashin, Hamza
GUMBUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУМБУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gumbur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar