tirikchilik
bilan ulashing
1. Hayot kechirish, kun koʻrish, yashash.
-
Tirikchilik uchun kecha-kunduz tinmasdan mehnat qilgan va yuragida shuncha gʻamni koʻtargan bu beli bukik, yelkasi chiqiq cholni soʻz bilan yupatishning maʼnosizligini sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tirikchilik yanada ogʻirlashdi. Boylar ham qarz bermay qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oda.shar tirikchilikdan qiynalib, ishga och-nahor qatnayotgan oʻsha mashaqqatli kunlarda Poshsha xola boshqalardan toʻq va but yashadi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Kundalik roʻzgʻor va u bilan bogʻliq ish-yumush, tashvishlar.
-
— Orzularim bor, jurnalist boʻlishni istayman, — dedi \Ahmad Husayn], — lekin dardisar tirikchilik toʻs-qin. Oybek, Nur qidirib
-
Har kimning oʻz tirikchiligi bor. Mana, hut kirdi, dehqonning oyogʻiga qurt kirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Endi uy-uyingizga tarqalingiz, tirikchilikdan qolmangiz, oʻrtoqlar! H. Gʻulom, Mashʼal
tirikchilik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tirikchilik qilmoq
-
Qishloqda tirikchilik qilish juda qiyin. Ochlik, yalangʻochlikka chidab, tirikchiligimizni qilar edik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kichkina doʻkonchamdan kelgan daromad bilan tirikchilik qilib boʻlmasdi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
TIRIKCHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИРИКЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tirikchilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar